Xitoyning Xubey provinsiyasida koronavirus bilan kasallangan odamlar uchun juda tez fursatda qurib tugatilgan vaqtinchalik shifoxonalarning birinchisi yopib qo‘yildi. Bu haqda Reuters xabar tarqatdi.
Avvalroq Jeki Channing koronavirus bilan kasallangani va shu sababli shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Mashhur aktyor va rejissyor Jeki Chan koronavirus bilan kasallanganligi va u karantinga yotqizilgani haqidagi ma’lumot feyk bo‘lib chiqdi.
Mashhur aktyor Jeki Channi koronavirus alomatlari bilan karantinga yotqizishdi.
2019-nCoV yangi koronavirus shtammining manbasi Xitoyda paydo bo‘lganligi haqida hech qanday dalillar yo‘q, deb aytdi Xitoy Sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasining maxsus ekspert komissiyasi rahbari Chjun Nanshan matbuot anjumanda.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi yangi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat Xitoydan boshqa davlatlarda ham jiddiy tus ola boshlagani sababli O‘zbekistonning xorijda bo‘lib turgan yoki chet el davlatlariga borishni rejalashtirayotgan fuqarolarni yana bir bor ogohlantirdi.
Xitoylik mutaxassislar yangi turdagi koronavirusga qarshi samarali ta’sir ko‘rsata oladigan vaksinani ishlab chiqdi. Bu haqda jurnalistlar bilan suhbat vaqtida Xitoyning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Chjan Xanxuey ma’lum qilgan, deb yozmoqda «TASS».
Xitoyning Uxan shahrida 24 fevral kuni holatiga 195 kishida koronvirus infeksiyasidan qayta zararlanish holati qayd etildi. Bu haqda XXR Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi xabar bergan.
Xitoy hukumati tomonidan uyg‘urlar va qozoqlarning Sinszyan viloyatida qanday ta’qib qilingani va ushlab turilgani haqidagi hujjat (suratda) matbuotga chiqib ketgan
Xitoyda koronavirus infeksiyasidan vafot etganlar soni bir sutkada 150 kishiga ko‘paydi, deya xabar bermoqda Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi. Mamlakatda koronavirusning umumiy qurbonlari soni 2592 kishiga yetgan.
Bir sutka ichida 2393 kishi tuzaldi. Kasallanganlarning umumiy soni 75 891 kishiga yetdi
Ukrainaning Poltava viloyatida aholi Uxandan keltirilganlarni joylashtirishga qarshi norozilik bildirdi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri 14 kunlik karantin muddatini evakuasiya qilinganlar bilan birgalikda o‘tkazishga qaror qildi.