Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jeki Chan koronavirus tashxisi bilan shifoxonaga tushdi – haqiqatmi yoki feyk?

Jeki Chan koronavirus tashxisi bilan shifoxonaga tushdi – haqiqatmi yoki feyk?

Mashhur aktyor va rejissyor Jeki Chan koronavirus bilan kasallanganligi va u karantinga yotqizilgani haqidagi ma’lumot feyk bo‘lib chiqdi.

Kuni kecha qator xorijiy OAVlar guyoki Gollivud aktyori Jeki Chan shaxsiy bazmlardan birida ishtirok etganidan keyin shifoxonaga yotqizilgani to‘g‘risida xabar qilishdi. Keyinchalik, bu tadbir mehmonlaridan biri, 48 yoshli polisiya zobitiga COVID-19 virusi tashxisi qo‘yildi. Polisiyachi bilan ehtimol muloqot qilgan 59 kishi karantinga jo‘natildi, deb yozilgan xabarda.

Bu haqda xorijiy nashrlar Sputnik Ispaniya'ga asoslanib yozishdi. Biroq, bu agentlikning xabarida yozilishicha, Jeki Chan kasallangani haqida ma’lumot haqiqat emas.

"Kulgili tomoni shundaki, aktyor bu kechada, 48 yoshli polisiyachida koronavirus aniqlangan joyda ham bo‘lmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda mehmonlardan biri Chan ular bilan birga bo‘lganligi aytilgan video feyk bo‘lib chiqdi. Aslida aktyor boshqa tadbirda bo‘lgan”, - deyilgan Sputnik Ispaniya maqolasida.

8Days yangiliklar portalining jurnalistlari surishtiruv o‘tkazib, aktyor va bemor polisiyachi har xil tadbirda bo‘lishgani aniqlashdi. Polisiya zobiti Gonkongning g‘arbiy qismida joylashgan restoranda bo‘lgani, Jeki Chan esa do‘stlari bilan Yau Yat Chuen Garden City klubida bo‘lgan ekan. Ushbu tungi klublar bir-biridan yarim soatlik yo‘l masofasida joylashgan.

Kiritildi: 15:30 27.02.2020. O'qildi: 10099 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!