Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

XXRda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqilgani ma’lum qilindi

XXRda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqilgani ma’lum qilindi

Xitoylik mutaxassislar yangi turdagi koronavirusga qarshi samarali ta’sir ko‘rsata oladigan vaksinani ishlab chiqdi. Bu haqda jurnalistlar bilan suhbat vaqtida Xitoyning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Chjan Xanxuey ma’lum qilgan, deb yozmoqda«TASS».

Elchining so‘zlariga ko‘ra, xitoylik olimlar koronavirusga uch o‘lchamli sharh bera olgan va bu vaksina ishlab chiqilishi uchun yaxshi asos bo‘la oladi.

Xitoyning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Chjan Xanxuey.
Foto: «TASS»

«Xitoyda virusga qarshi kurasha oladigan, imunitet hosil qiluvchi vaksinani ishlab chiqishdi. Bu koronavirusga qarshi kurashdagi dastlabki natijalar, keyingi tajribalar samarasi va ularni takomillashtirishga yana vaqt talab qilinadi», — degan Xanxuey.

Fevral o‘rtalarida XXR Sog‘liqni saqlash milliy qo‘mitasining biologik markazi direktori Chjan Sinmin koronavirusga qarshi vaksinalar hayvonlarda sinovdan o‘tkazilayotganini bildirgan. Vaksinaning odamlardagi klinik sinovlari apreldan avval boshlanmaydi, degan Milliy qo‘mita rahbari o‘rinbosari Szen Isin.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) direktori Sumiya Svaminatanning so‘zlariga ko‘ra, vaksinaning odamlardagi dastlabki sinovlari besh yoki olti oydan keyin o‘tkazilishini ma’lum qilgan. Shuningdek, u bir nechta vaksina ishlab chiqilayotgani, ammo ulardan bir yoki ikkitasi test uchun tanlab olinishini ta’kidlagan.

Kiritildi: 08:59 25.02.2020. O'qildi: 3740 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!