Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Xitoyning uyg‘ur va qozoqlarni ushlab turgan hujjatlari matbuotga chiqib ketdi

Xitoyning uyg‘ur va qozoqlarni ushlab turgan hujjatlari matbuotga chiqib ketdi

Xitoy hukumati tomonidan uyg‘urlar va qozoqlarning Sinszyan viloyatida qanday ta’qib qilingani va ushlab turilgani haqidagi hujjat (suratda) matbuotga chiqib ketgan.

Gap nimada?

AQShning The New York Times nashri 2020 yil 17 fevral kuni uyg‘urlarni ushlab turish siyosati haqidagi hisobot nashr etilgan. 137 sahifadan iborat elektron jadval ko‘rinishidagi hujjatda viloyatning Qoraqosh uyezdida saqlanayotgan 300 nafardan ortiq aholi, ularning qo‘shni va qarindoshlari haqida ma’lumotlar bor.

Hujjatga ko‘ra, ularning orasida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar ham bor. Jadvalda hokimiyat "muammoli" deb hisoblaydigan jihatlar: kelib chiqishi, diniy odatlari, ro‘yxatdagi odamlar bilan munosabatlari va boshqa turli omillar ko‘rsatilgan.

Xitoy nima deydi?

Xitoy hukumati Sinszyandagi vaziyat shunchaki terrorizm va separatizmga qarshi kurash uchun chora ekanini aytgan. AQSh tomoni esa bu hujjatni yaxshilab o‘rganib chiqishini aytgan.

Xitoy shu paytgacha uyg‘urlar va qozoqlar saqlanadigan lagerlarni oddiy maktablar deb kelgan. Bu hujjat chiqib ketgach, maktab ekani inkor etilmoqda.

AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Markaziy Osiyoga safari chog‘ida Qozog‘istonga ham borgandi. U yerda qozoqlar Sinszyanda saqlanayotgan yaqinlari haqida ma’lumot berishgan.

Kiritildi: 10:36 24.02.2020. O'qildi: 3789 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!