JSST vakili koronavirusni yuqtirib olmaslikning yo‘li shifokorlar tavsiya qilgan shaxsiy gigiyenaga amal qilish ekanligini aytdi.
Koronavirus tahdidi yuqori deb hisoblaydigan respondentlar soni Kanada, Buyuk Britaniya va Germaniyada 42 dan 47 foizgachani tashkil etgan.
“Tashrifga yaxshiroq tayyorlanish maqsadida uni iyun oyining ikkinchi yarmida o‘tkazishga kelishib oldik”, - dedi Ilhom Ne’matov.
Yangi turdagi koronavirus bilan Yer aholisining uchdan ikki qismi kasallanishi mumkin. Bu haqda infeksiyaning Xitoyda tarqalishini tadqiq qilayotgan JSST maslahatchisi, virusolog Ayru Laonjiniga tayanib, Bloomberg xabar berdi.
Yaqinda Xitoyda koronavirus tarqalishi tufayli tojikistonlik talabalarni Uxandan evakusiya qilinishiga qaramasdan, Xitoyda qolishni afzal ko‘rganlar ham topildi.
Xitoyning Xubey provinsiyasida bir sutkada koronavirus yuqtirganlar soni 14840 kishini, ushbu virusdan vafot etganlar soni esa 242 kishini tashkil qildi. Bu haqida hududiy sog‘liqni saqlash bo‘linmasi xabar qilmoqda.
O‘zbekiston Xitoy uchun insonparvarlik yordamini tayyorladi. Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev respublika Xitoyga koronavirusga qarshi kurashda nima taqdim etishi haqida gapirdi.
Xitoyda yangi koronavirusdan vafot etganlar va kasallikka chalinganlar soni tobora ortmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) global pandeniyaning oldini olish mumkinligini, biroq bunga vaqt kam olganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 fevral kuni Xitoyga gumanitar yordam jo‘natish bo‘yicha farmonga imzo chekdi. Bu haqda «Daryo» muxbiri xabar berdi.
Qayd etilishicha, parranda grippi Nanchun shahar okrugi Sichun uyezdidagi fermalardan birida aniqlangan.
Londondagi Gigiyena va tropik kasalliklar tadqiqoti maktabi olimlarining fikricha, fevral oyining ikkinchi yarmida virusning tarqalishi o‘zining cho‘qqisiga chiqadi.
Avvalroq yangi koronavirus qurbonlari soni 2002-2003 yillarda kuzatilgan atipik zotiljam (SARS) vaqtidagidan oshib ketgani ma’lum qilingandi.