O‘zini prezidentlik saylovida g‘olib deb e’lon qilgan demokrat Jo Bayden AQShning dunyoda yetakchi bo‘lishiga erishishga va’da berdi.
Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador o‘zini tuta olmaslik va vaqtdan oldin noo‘rin bayonotlar berishni istamasligini ta’kidlagan holda demokratlar nomzodi Jo Baydenni AQSh prezidentligi saylovidagi g‘alabasi bilan hali tabriklamasligini ma’lum qildi.
Vashingtondagi Oq uy tashqarisida fuqarolar Jo Baydenning g‘alabasini nishonlash uchun yig‘ilishmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Baydenni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi va yangi koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashish muhimligini ta’kidladi.
AQShning 46 prezidentiga aylangan Jo Bayden millatga murojaat qildi.
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo prezidentlikka nomzod Jo Bayden va vise-prezidentlikka nomzod Kamala Xarrisni AQShdagi saylovlarda g‘alaba qozongani bilan tabrikladi.
Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden tvitterdagi mikroblogida saylovlarda g‘alaba qozonganini aytib, o‘zini AQSh Prezidenti deb e’lon qildi.
Amerikaning asosiy ommaviy axborot vositalari – «ABC News», «CNN», «AP» va «NBC» - AQSh prezidenti saylovlarida demokrat Jo Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qildi.
AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampning atrofidagilar unga Jo Baydenning g‘alabasiga tayyorlanishni maslahat berishdi. Bu haqda The Washington Post manbalarga asoslanib xabar bermoqda.
Los-Anjelesdagi aksilterror bo‘limi xodimlari demokratlar nomzodi Jo Bayden prezidentlik saylovida g‘olib chiqsa, o‘q otishni boshlayman, deb tahdid qilgan amerikalikni hibsga oldi. Bu haqda Los Angeles Times xabar berdi.
Amerika telekanallari Donald Trampning AQSh prezidentlik saylovlarida bo‘lib o‘tgan go‘yoki buzg‘unchilik va firibgarliklar haqidagi da’volaridan so‘ng uning nutqi translyasiyasini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
AQSh prezidenti Donald Tramp raqibi, demokrat nomzod Jo Baydenga nisbatan "qonuniy ovozlar" bilan ustunligini e’lon qildi. U Oq uyda so‘zlagan nutqida g‘alabaga ishonch bildirdi.