Vashingtondagi Oq uy tashqarisida fuqarolar Jo Baydenning g‘alabasini nishonlash uchun yig‘ilishmoqda.
Video ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tomonidan e’lon qilinmoqda.
Ta’kidlanishicha, nishonlash uchun kelayotgan aholi soni tobora ortib bormoqda.
Xabarlarga ko‘ra, odamlar Oq uy yoniga qo‘llarida “Bayden-2020”, deya qayd etilgan bayroqlar hamda "Sen ishdan bo‘shatilding", degan yozuvlarga ega plakatlar ko‘tarib kelishmoqda.