Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Baydenni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi va yangi koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashish muhimligini ta’kidladi.
“AQShning saylangan prezidenti Jo Bayden va viye-prezidenti Kamala Xarrisni tabriklayman. JSSTdagi hamkasblarim va men siz hamda jamoangiz bilan ishlashni orziqib kutamiz. COVID-19 pandemiyasi kabi inqirozlar hayot va tirikchilikni himoya qilishda global hamjihatlikning muhimligini talab etadi”, - deb yozgan Gebreyesus o‘zining tvitterdagi sahifasida.