Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden tvitterdagi mikroblogida saylovlarda g‘alaba qozonganini aytib, o‘zini AQSh Prezidenti deb e’lon qildi.
“Amerikaliklar, meni buyuk mamlakatimiz rahbari etib tanlaganingizdan faxrlanaman. Oldimizda bizni qattiq mehnat kutib turibdi, lekin va’da beraman: men barcha fuqarolarning prezidenti bo‘laman - menga ovoz berganingiz yoki bermaganingizdan qat’iy nazar. Menga bo‘lgan ishonchingizni oqlayman”, - deb yozgan Bayden.
Shuningdek, u o‘zining tvitterdagi akkauntining nomini "saylangan prezident" deb o‘zgartirdi.