Toshkent shahar hokimligi va jamoat kengashi tashabbusi bilan Toshkentning yangi rasmiy gerbini yaratish bo‘yicha tanlov o‘tkazilmoqda, deb xabar berdi hokimlik axborot xizmati.
Umumiy uzunligi 52,1 kilometrdan iborat Toshkent shahri yer usti metro qurilishi besh bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab Toshkent metropolitenining “Do‘stlik” bekatidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan qismi quriladi. 11 kilometrlik bu qismda sakkizta bekat bunyod etiladi.
Internet orqali aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan ma’ruzalarni tinglagan va ularni tarqatgan Boks bo‘yicha qator musoboqalar g‘olibiga nisbatan sudda hukm o‘qildi.
Toshkent shahrida avtomashinalarning davlat raqami o‘g‘irlanishi holati ko‘paymoqda. Bir kechaning o‘zida 5 ta davlat raqami o‘g‘irlab ketilgani aytilmoqda.
“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarning bojxona chegarasi orqali noqonuniy ravishda olib o‘tilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarligini fosh etishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Patrul-post xizmati xodimi serjant Farrux G‘oziyev tez tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan chernogoriyalik sayyohni kasalxonaga olib borib uning hayotini saqlab qoldi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Toshkent Mirobod tumanida to‘qqiz qavatli uyning birinchi qavatida joylashgan do‘konga yong‘in tushdi, deb xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.
Toshkent shahar Yo‘l xavfsizligi boshqarmasi aynan qaysi hududlarda ko‘proq yo‘l transport hodisalari sodir bo‘layotganini aniqlab, u yerlarga tezlikni qayd etuvchi radarlar o‘rnatib borishmoqda. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahar Mirobod tumani hududida joylashgan “Sigma” nomli biznes markazining binosida yong‘in chiqqani ma’lum qilindi.
“O‘zbekiston 24” telekanalida Toshkentdagi bir necha yildan beri o‘z holiga tashlab qo‘yilgan, ta’mirlanmagan yo‘llarning ahvoli ko‘rsatildi.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasining «Keles» temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari «Toshkent–Novosibirsk» yo‘nalishidagi xalqaro qatnov poyezdining yo‘lovchilari va ularning yuklarini bojxona nazoratidan o‘tkazish vaqtida fuqaro Q.A. 300 kg. guruchni bojxona nazoratidan yashirganligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi axborot xizmati «Daryo»ga xabar berdi.
Toshkent shahrida qidiruvda bo‘lgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati ma’lum qildi.