Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda avtomashina davlat raqamlari ommaviy ravishda o‘g‘irlanmoqda

Toshkentda avtomashina davlat raqamlari ommaviy ravishda o‘g‘irlanmoqda

Toshkent shahrida avtomashinalarning davlat raqami o‘g‘irlanishi holati ko‘paymoqda. Bir kechaning o‘zida 5 ta davlat raqami o‘g‘irlab ketilgani aytilmoqda.

Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 2018 yilning 18 iyul oqshomida, Navbatchilik qismiga besh nafar haydovchilar o‘z avtomashinalarining davlat raqami o‘g‘irlab ketilgani haqida ariza bilan murojaat qilgan.

Avtomashinalarning davlat raqami Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk ipak yo‘li hamda Chust ko‘chalaridan o‘g‘irlab ketilgan. Aynan avtomashina egalariga o‘g‘rilar tomonidan maktub qoldirilib, raqamni internetdagi messenjerlar orqali bog‘lanib qaytarib olishlari mumkinligini yozib ketilgan.

Tezkor tadbir natijasida hozircha ikki avtomashinaning davlat raqami topilgan bo‘lib, qolganlarini aniqlash bo‘yicha harakatlar davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yil boshida Samarqand shahrida ham xuddi shunday holatlar ro‘y bergan bo‘lib, firibgarlar davlat raqamlarini qaytarib berish uchun 5 AQSh dollari miqdorida pul talab qilishgan edi.

Manba: 7news.uz

Kiritildi: 13:32 20.07.2018. O'qildi: 1783 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!