Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Toshkent

Ijaraga olgan avtomashinasini bo‘laklab sotib yuborgan shaxs qidirilmoqda

Ijaraga olgan avtomashinasini bo‘laklab sotib yuborgan shaxs qidirilmoqda

Toshkent shahrining Sergeli tumanida 12 iyul kuni IIBdan tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil aprel oyida noma’lum shaxs 6-dahada joylashgan avtomashinalar bozorida fuqaro S.M.ning “Nexia” rusumli avtomashinasini 24 oy davomida har oyda 500 AQSh dollaridan jami 12 ming AQSh dollariga sotib olishini aytib, aldov yo‘li bilan olgan avtomashinani bo‘laklarga bo‘lib, sotib yuborgani va bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

Kiritildi: 14:03 14.07.2018. O'qildi: 1566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Bedarak yo‘qolgan 26 yoshli yigit qidirilmoqda

Uni qidirib topish choralari ko‘rilgan, deb yozmoqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Kiritildi: 18:20 13.07.2018. O'qildi: 1760 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Yunusobod tumanida "BMV" urib yuborgan 67 yoshli piyoda voqea joyida halok bo‘ldi

Toshkent shahri Yunusobod tumanida "BMV" haydovchisi piyodani urib yubordi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Kiritildi: 18:17 13.07.2018. O'qildi: 1316 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

«Malika» savdo majmuasida sotuvchilarga pichoq urgan Saidno‘’mon Akbarovni ushlash chorasi ko‘rildi

12 iyul kuni Toshkentdagi «Malika» savdo majmuasida telefon sotuvchilariga pichoq bilan jarohat yetkazgan Saidno‘’mon Akbarovni ushlash chorasi ko‘rildi. Bu haqda Toshkent IIBB Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi habar qildi.

Kiritildi: 17:47 13.07.2018. O'qildi: 1684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Lola Karimova-Tillayeva Abu-Saxiy bozorini sotdi

O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva Toshkentdagi Abu-Saxiy bozorini sotdi, deb xabar berdi Reyter o‘z manbasiga tayanib.

Kiritildi: 17:37 13.07.2018. O'qildi: 2962 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

O‘zganing avtomashinasini olib qochayotgan shaxs yo‘l-transport hodisasini sodir etdi

11 iyul kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida fuqaro Abdulaziz Rahimov "Mirzo Ulug‘bek" ko‘chasi 142-uy oldida qarovsiz qoldirilgan A.P.ga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashinani haydab qochib ketadi.

Kiritildi: 15:02 13.07.2018. O'qildi: 1342 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Toshkentdagi fojia: onadan ayirgan avtohalokat

10 iyul kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida yashagan YU.A. ismli ayol boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinani Mustaqillik ko‘chasida haydab ketayotib, shu yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan U.G. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinaning orqa qismiga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.

Kiritildi: 10:43 13.07.2018. O'qildi: 1760 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Toshkentning Mirobod tumanidagi go‘zallik saloni yonib ketdi

12 iyul kuni soat 14:50da Toshkent shahrining Mirobod tumani, Oybek ko‘chasida joylashgan 9-qavatli uyning 1-qavatidagi go‘zallik salonida yong‘in yuz bergani haqida xabar olindi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kiritildi: 10:34 13.07.2018. O'qildi: 1670 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Toshkent shahar IIBB YOXB Cristal supermarketidagi yong‘in bo‘yicha axborot berdi

Bugun 12 iyul kuni taxminan soat 13:47 da Toshkent shahar IIBB YOXBga Yunusobod tumani Yunus ota ko‘chasida joylashgan Cristal supermarketining 4-qavatida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Kiritildi: 19:32 12.07.2018. O'qildi: 2099 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Toshkentda mahbuslar va oddiy aholi bir shifoxonada davolanmoqda

Yaqinda mahallamizda bir odam vafot etdi. Shamollashni o‘tkazib yuborgani sabab, o‘pka faoliyati ishdan chiqqan ekan. Aslida esa, xastalik sababi sil edi. Buni biz mahalladoshlari va oila a’zolari bilamiz, ammo sir saqlaymiz. Tashvishlisi — bolalarimizdan xavotirdaman. Ularni darvozadan chiqarishga qo‘rqamiz...

Kiritildi: 17:08 12.07.2018. O'qildi: 1982 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Toshkent shahrining markaziy ko‘chalaridan biriga Chingiz Aytmatov nomi berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida Chingiz Aytmatov xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrining markaziy ko‘chalaridan biriga adib nomini berish belgilangan edi.

Kiritildi: 17:00 12.07.2018. O'qildi: 1515 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Toshkentdagi savdo markazlaridan birida dahshatli yong‘in bo‘ldi (foto, video)

Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan savdo markazida bugun, 12 iyul kuni soat taxminan 13:48 da yong‘in kelib chiqqan va natijada binoga jiddiy zarar yetgan.

Kiritildi: 15:11 12.07.2018. O'qildi: 2243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.