“O‘zbekiston 24” telekanalida Toshkentdagi bir necha yildan beri o‘z holiga tashlab qo‘yilgan, ta’mirlanmagan yo‘llarning ahvoli ko‘rsatildi.
"Uznews.uz" nashrining yozishicha, gap Farhod bozoridan Cho‘ponota kesishmasigacha bo‘lgan hudud haqida ketmoqda. Reportajda ta’kidlanishicha, Lutfiy ko‘chasida hududdagi tramvay liniyasi olib tashlanganidan keyin yo‘l avariya holatiga kelib qolgan. Aksiga olib, bu yo‘l biror marta ham ta’mirlanmagan va o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Shuningdek, piyodalar o‘tish yo‘lakchasi yo‘q. Bundan tashqari, Shirin ko‘chasida tungi yoritish chiroqlari yo‘q, yo‘l bir ahvolda, har yonda shag‘al va axlatlarni ko‘rish mumkin.