Toshkentda propiskasi (doimiy ro‘yxati) yo‘q fuqarolar ikkilamchi bozordan (ya’ni eski uylar) uy sotib olish amaliyoti allaqachon boshlangan. Masalan, propiskasi yo‘q fuqaroning uyi birovning nomida bo‘lsa, unda bemalol ertagayoq o‘z nomiga o‘tkazib olishi mumkin. Buning uchun uy nomida bo‘lgan shaxs va hujjatlar bilan notariusga borish kifoya.
18 may kuni poytaxtimizda kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda. Bu esa o‘z navbatida daraxt va ularning shoxlarini sinishi, mustahkam o‘rnatilmagan turli konstruksiyalarning joyidan qo‘zg‘alishiga, shikastlanishiga sabab bo‘lib, uning ostida va yaqinida turgan insonlar va avtomobillarga zarar yetkazishi mumkin.
14 may kuni Respublika maxsus komissiyasi karantin choralarini yumshatish bo‘yicha navbatdagi qarorini qabul qilgan edi. Unga asosan, 18 maydan boshlab «sariq» toifadagi hududlarda tong soat 06:00dan kechki 22:00gacha avtomobillarning stikersiz harakatlanishiga ruxsat berildi.
Avvalroq saytimizda 30 yoshli yigit avvaldan tanishi bo‘lgan 31 yoshli R.R.ni vahshiylarcha o‘ldirgani haqida xabar bergan edik.
Bugun poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 24 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘ayib, reabilitasiyaga kuzatildi.
Bir vaqtlar poytaxtda sinov tariqasida yo‘llarda tartibni nazorat qiladigan ayollar bo‘linmasi tashkil etilgan edi. Ayollar zarur ko‘nikmalarni tezda o‘zlashtirib, markaziy ko‘chalardagi harakatni tartibga solishni boshladilar. Ular orasida kichik serjant Nigora Jo‘raboyeva ham bor edi. Yosh va iste’dodli Nigora maktab davridanoq ushbu kasbga katta qiziqish bildirib, "Svetofor" viktorinalarida faol ishtirok etardi.
Mazkur do‘konlar 16 maydan boshlab soat 10:00 dan 19.00 gacha, 18 maydan esa soat 10:00 dan 21:00 gacha ish olib boradi.
Bugun 16 may kuni soat 14:00lar atrofida "Neksiya" rusumli transport vositasi haydovchisi Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek Shoh ko‘chasida harakatlanayotib, charchoq sabab uxlab qolib boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi simyog‘ochga urilib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib to‘xtagan.
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash va aholi salomatligini himoya qilish maqsadida joriy etilgan cheklov me’yorlari sababli IIBB xodimlari tunu-kun xizmat olib borishmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda qiziq video tarqaldi.
Yo‘nalishlarning o‘zaro bir-birini takrorlab harakatlanishini kamaytirish maqsadida poytaxtdagi bir nechta avtobuslar yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi
9 may kuni Yashnobod tumani IIO FMB 7-son ichki ishlar bo‘limi tergovchisi leytenant SH. Turayev Toshkent shahar IIBB boshlig‘i nomiga raport bilan murojaat qildi. Xodimning ma’lum qilishicha, uning tergovi ostida bo‘lgan shaxs undan “ishni yopishni” iltimos qilib, evaziga 1000 AQSh dollari miqdorida noqonuniy pul mukofoti taklif qilgan.