Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Samarqand Darvoza savdo markazi 16 maydan o‘z faoliyatini boshladi

A A A
Samarqand Darvoza savdo markazi 16 maydan o‘z faoliyatini boshladi

Toshkent shahridagi Samarqand Darvoza savdo markazi 16 maydan boshlab o‘z faoliyatini qayta tikladi. Savdo markazidagi do‘konlar, kiyim-kechak va aksessuar do‘konlari ochildi. Bu haqda muassasaning "Facebook"dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, 16 may kuni ertalabdan Makro va Home Market do‘konlari, dorixona va kimyoviy tozalash shoxobchasi, kiyim do‘konlari, atir va zargarlik buyumlari sotiladigan do‘konlar, choyshablar, ko‘zoynaklar, soatlar va bosh kiyimlar sotadigan do‘konlar, uyali aloqa va Credit Express xizmatlari o‘z faoliyatini boshlagan.

Mazkur do‘konlar 16 maydan boshlab soat 10:00 dan 19.00 gacha, 18 maydan esa soat 10:00 dan 21:00 gacha ish olib boradi.

Shu bilan birga, savdo majmuasidagi o‘yin maydonchasi, kinoteatr, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, qahvaxonalar va muzqaymoq sotiladigan do‘konlar yopiqligicha qoladi.

Ma’lum qilinishicha, savdo majmuasining ochilishiga tayyorgarlik jarayonida zararsizlantirish uchun barcha choralar ko‘rilgan hamda xodimlarga shaxsiy gigiyena va COVID-19 epidemiyasi sharoitida ishlash haqida ma’lumot berilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hududlar so‘nggi ikki haftadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, «qizil», «sariq» va «yashil» toifalarga ajratilgan. Respublika maxsus komissiyasi tomonidan 7 may kuni e’lon qilingan ro‘yxatga ko‘ra, Toshkent shahri «sariq» hudud hisoblandi.

Toshkent shahrining barcha tumani «sariq» hududlar ro‘yxatiga kirgan. «Sariq» hududlarda ijtimoiy masofa saqlagan holda savdo majmualarining faoliyatini qayta tiklashga ruxsat etilgan, bunda savdo majmualaridagi o‘yin maydonchalari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, attraksionlar yopiq holda qolishi belgilangan.

Kiritildi: 07:27 17.05.2020. O'qildi: 4686 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!