Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda 24 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi

Toshkentda 24 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi

Bugun poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 24 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘ayib, reabilitasiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 9 nafari kasallikni koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan. 2 nafar fuqaro Sharja-Toshkent yo‘nalishidagi charter reysda BAAdan olib kelingan, 12 nafar fuqaro Tojikistondan kelgan va 1 nafari uzoq masofaga qatnovchi yuk avtomashina haydovchisi bo‘lib, Rossiyadan Qozog‘iston orqali kelgan. Ularning barchasi karantinga olingan va koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Sog‘ayganlarning orasida 6 nafardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan, 5 nafari Surxondaryo viloyatidan, 4 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 2 nafari Farg‘ona viloyatidan va 1 nafari Xorazm viloyatidan. Ulardan 13 nafari erkak, 11 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 57 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 13 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 709 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 733 nafarga yetdi.
Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2245 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

 

Kiritildi: 15:53 17.05.2020. O'qildi: 2407 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!