Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 martdagi “Toshkent shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 157-sonli qarori ijrosini ta’minlash va Toshkent shahridagi yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish hamda yo‘nalishlarning o‘zaro bir-birini takrorlab harakatlanishini kamaytirish maqsadida poytaxtdagi bir nechta avtobuslar yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ ma’lum qildi.
Quyida Toshkent shahrida qisqartirilayotgan avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha Jamiyat taqdim etgan ma’lumotlar bilan batafsil tanishishingiz mumkin.