Samarqand shahridagi 62-maktab-internati direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar qildi.
Samarqand tumani “Chordara” agrofirma hududi may oyida 30 ga yaqin o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar buzib tashlandi, deb xabar qildi “O‘zbekiston yangiliklari” portali.
2018 yil 12 may kuni soat 22:00 atrofida Samarqand tumanida yashovchi S. mast holda o‘zining «Moskvich» mashinasini Samarqand shahrida boshqarib ketayotganida, viloyat IIB YHXB inspektorlari tomonidan to‘xtatildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bugun, 22 may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudida Diana Yanikeevaning bevaqt o‘limi holati bo‘ycha chiqarilgan sud hukmidan norozi bo‘lib, sudlanuvchi Akrom Elmurodov va uning himoyachisi tomonidan apellyasiya tartibida keltirgan shikoyati asosida jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudining apellyasiya instansiyasida ko‘rib chiqildi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Farhod Norbo‘tayev ma’lum qildi.
O‘tgan yilning noyabr oyi oxirlarida ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l-patrul xizmati xodimining “Neksiya” rusumli avtomobilning old kapoti ustida yotgani tasvirlangan video keng tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida ayni shu voqea bilan bog‘liq ko‘rib chiqildi va sudlanuvchilarga jazo tayinlandi. Xo‘sh, aslida voqea qanday sodir bo‘lgan edi?
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi «Obod xonadon – yurt ko‘rki» loyihasi doirasida Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanining Qorag‘uppa qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Dilshod Quvonov xonadonini qayta rekonstruksiya qilib, ta’mirlamoqda.
Xotira va qadrlash kuni arafasida farzandlarimni olib, Samarqandga bordik.
Samarqand viloyatining Jomboy tumanida 19 may kuni Cho‘qindi qishlog‘ida yashovchi A. YA.ning uyida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ajdodlarimiz poyi piyoda kezgan yo‘llarda bugun zamonaviy avtomobillar, tezyurar poyezdlar qatnab odamlar mushkulini oson qilmoqda.
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Samarqand shahridagi avtobuslarda yangi to‘lov turi yo‘lga qo‘yildi.
Samarqand shahrida joriy yilning 15 may kuni noma’lum shaxs “Samarqand-Zarafshon” temir yo‘l bekatlari oralig‘ida “Qarshi-Samarqand-Toshkent” yo‘nalishida qatnovchi “Afrosiyob” tezyurar poyezdining vagon oynasiga tosh otishi natijasida vagon oynasi dars ketgan edi.
Samarqand viloyatida uka akasini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.