Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Mashina uchun ota bir kunda 2 yillik aliment pullarini to‘lab berdi

Mashina uchun ota bir kunda 2 yillik aliment pullarini to‘lab berdi

Bu dunyoda turfa insonlar, turfa taqdirlar bor. Bir umrga baxtli yashashni niyat qilib turmush qurgan juftlik ajrashib ketadi. Bunga sabablar turlicha, ammo oilada erkak kishi otalik mas’uliyatini unutmasligi lozim.

Fuqaro H.Ro‘ziqulov ham 09.02.2017 yilda Shahrisabz tumanlararo sudining qaroriga ko‘ra, da’vogar S.Jo‘rayeva foydasiga aliment pullari undirish belgilangan bo‘lsa-da, ota aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan. Bu haqda aniq.uz ning ishonchli manbasi xabar berdi.

2019 yilning 8 fevral kuni qarzdorga tegishli DAMAS avtomobili Byuroning Shahrisabz tuman bo‘limi xodimlari tomonidan xatlandi.

Shundan so‘ng fuqaro 9 fevral kuni alimentdan bo‘lgan jami 8 mln 752 ming 892 so‘m qarzini to‘lab berdi va avtomashina o‘z egasiga qaytarildi.

Kiritildi: 12:32 11.03.2019. O'qildi: 1718 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!