Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Shahrisabzda masjid oldida o‘g‘rilik qilayotgan shaxs qo‘lga olindi

Shahrisabzda masjid oldida o‘g‘rilik qilayotgan shaxs qo‘lga olindi

11 mart kuni soat taxminan 13:00 larda namanganlik A.A. Shahrisabz shahridagi Amir Temur xiyobonida joylashgan Hazrati Imom jome masjidiga peshin namozini o‘qish uchun kelgan mahalliy ziyoratchi 1956 yil tug‘ilgan fuqaro M.I.ning Nexia rusumli avtomashinasini qo‘lidagi temir jism bilan ochib, qimmatbaho buyumlarni olmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlangan. Bu haqda Daryo ga Qashqadaryo viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Viloyat IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yil 7 mart kuni Qashqadaryo viloyati IIBga Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasining Call center aloqa operatori murojaat qilib, Shahrisabz shahri Amir Temur xiyobonida joylashgan Hazrati Imom jome masjidi atrofida yuziga qora rangli niqob taqib olgan shubhali shaxs yurganligini ma’lum qilgan. Shubhali shaxsning kimligini aniqlash, nima maqsadda kelganligini bilish va uning harakatlanish yo‘nalishlarini o‘rganish maqsadida tezkor chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan 3 kun davomida kuzatuv ishlari olib borilganida, bildirgida ko‘rsatilgan yuziga qora rangli niqob taqib olgan shubhali shaxs 1979 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro ekanligi aniqlangan va jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida Hazrati Imom jome masjidiga peshin namozini o‘qish uchun kelgan fuqarolar U.Sh va X.Q.larning avtomashinalari salonidagi 138 000 so‘m pullar A.A. tomonidan o‘g‘irlangani ma’lum bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 12 mart kuni A.A.ga nisbatan JKning 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) hamda 169-moddaning (O‘g‘rilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:11 15.03.2019. O'qildi: 1592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!