Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Qashqadaryoda ham niqobli bosqinchilar qo‘lga olindi

Qashqadaryoda ham niqobli bosqinchilar qo‘lga olindi

2019 yil 12 yanvar kuni noma’lum shaxslar yuzlariga niqob kiygan holda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani G‘allakor MFYda yashovchi F.Q.ning uyiga bostirib kirib, uni va turmush o‘rtog‘ini qo‘llari bilan jarohatlab, uyidan pul hamda qimmatbaho buyumlarni topa olmay, voqea joyidan yashiringan, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chiroqchi tumani Suvliq MFYda yashovchilar va Qamashi tumani Rabod MFYda yashovchi shaxslar sodir etganliklari aniqlanib, qo‘lga olingan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 15:04 25.01.2019. O'qildi: 2573 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!