Mazkur holat yuzasidan JKning 186-2-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, Kasbi tumani Qo‘riq qishlog‘ida yashovchi, muqaddam sudlanmagan, 1995 yilda tug‘ilgan B.A. qalbaki pullarni ishlab chiqarayotgani aniqlangan.
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida bir ayolning o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish hamda shaxsiy hayot daxlsizligini buzgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi.
Avval xabar berganimizdek, Chiroqchi tumani «Langar» MFYda yashovchi oilaning yetti nafar a’zosi uy sharoitida tayyorlangan pomidor konservasidan zaharlanib, viloyat markazidagi shifoxonalarga yotqizilgan edi.
Aktrisa Gavhar Sharipova 19 noyabrga o‘tar kechasi Qashqadaryo viloyatida fojiali tarzda halok bo‘lgani xabar berildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, u Surxondaryodan qaytishda o‘tirgan yuk mashinasining haydovchisi unga shilqimlik qilgan, shundan so‘ng aktrisa soatiga 140 kilometr tezlikda harakatlanib ketayotgan mashina eshigini ochib, undan tushib ketgan va voqea joyida halok bo‘lgan.
“Qashkadayo hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi.
Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi Qarshi shahrida bir guruh fuqarolar tomonidan zo‘rlangan ayol voqeasini nazoratga olgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida Rossiyaning “Lukoyl” shirkati amaldori o‘zbek ishchilarni “qo‘y podasi” deya haqorat qilganligi haqidagi video keng tarqalmoqda.
Ikkala holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda,
Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, faoliyatidagi ayrim kamchiliklari uchun G‘uzor tumani hokimi S.Boboqulovga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddalariga asosan, xayfsan berildi.
Qashqardaryoda fuqaroga “soqoltoy” deb murojaat qilgan PPX xodimining lavozimi pasaytirildi. Bu haqda IIV xabar qildi.
Qashqadaryo viloyat hokimi Zoir Mirzayev Dehqonobod Kaliy zavodida viloyat tashkiloti rahbarlari va tuman faollari bilan bo‘lgan muloqotda murojaat qiluvchi, rahbarlar nazdida shikoyatchi deya qoralanuvchi fuqarolarga nisbatan qarashni o‘zgartirish lozimligini ta’kidladi. Bu haqda Dehqonobod tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.