Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Zoir Mirzayev dardini aytgan fuqarolarni qoralovchi rahbarlarni tanqid qildi

Zoir Mirzayev dardini aytgan fuqarolarni qoralovchi rahbarlarni tanqid qildi

Qashqadaryo viloyat hokimi Zoir Mirzayev Dehqonobod Kaliy zavodida viloyat tashkiloti rahbarlari va tuman faollari bilan bo‘lgan muloqotda murojaat qiluvchi, rahbarlar nazdida shikoyatchi deya qoralanuvchi fuqarolarga nisbatan qarashni o‘zgartirish lozimligini ta’kidladi. Bu haqda Dehqonobod tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

«Murojaat qilgan, shikoyat qiluvchi odamni yomon deymiz, ammo o‘sha inson o‘rniga o‘zingizni qo‘yib ko‘ring», – dedi Zoir Mirzayev.

Shuningdek, tashrifi davomida hokim bilan muloqot o‘tkazgan oqirtmaliklar hokimdan qishloq aholisi uchun QVP binosi va mahalla uchun idora qurib berishni so‘radi.
Qishloq aholisining aytishicha, mavjud QVP da zamonaviy tibbiy anjomlar mavjud bo‘lsa-da, bino talab darajasida emas.

QVP binosi 50 yil ilgari qurilgan. Mahallada esa umuman idora bo‘lmagan.

Hokim topshirig‘iga ko‘ra, oqirtmaliklar uchun 200 million so‘m evaziga QVP va 400 million so‘mga mahalla uchun idora qurib beriladi.

Zoir Mirzayev har ikkala bino ham Navro‘z bayramiga qadar foydalanishga topshirilishi lozimligini ta’kidlagan.

Kiritildi: 11:17 07.11.2019. O'qildi: 3296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!