Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Chiroqchida fojia: katta farzand vafot etdi, otaning ahvoli og‘ir

Chiroqchida fojia: katta farzand vafot etdi, otaning ahvoli og‘ir

Avval xabar berganimizdek, Chiroqchi tumani «Langar» MFYda yashovchi oilaning yetti nafar a’zosi uy sharoitida tayyorlangan pomidor konservasidan zaharlanib, viloyat markazidagi shifoxonalarga yotqizilgan edi.

18 noyabr kuni mazkur oila boshlig‘ining turmush o‘rtog‘i YU.U. vafot etgandi.

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, sanitariya aviasiyasi xizmati orqali zudlik bilan poytaxtdan ham malakali mutaxassis chaqirtirilib, kerakli tavsiyalar olindi. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan 20 noyabr kuni 09:30 da mazkur oilaning katta farzandi, 2006 yilda tug‘ilgan A.T. ham vafot etdi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiga keltirilgan oila boshlig‘i, uning turmush o‘rtog‘i va katta o‘g‘liga «Botulizm kasalligining og‘ir darajasi. O‘tkir toksemiya davri. Toksik neyropatiya. O‘tkir nafas yetishmovchiligi I darajasi» tashxisi qo‘yilgan edi.

Ayni paytda otaning ahvoli ham o‘ta og‘irligicha qolmoqda.

Oilaning qolgan to‘rt nafar a’zosi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ularning ahvoli qoniqarli.

Kiritildi: 13:24 20.11.2019. O'qildi: 3167 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!