AQSh hukumati Shimoliy Koreyaga qo‘shimcha sanksiyalar qo‘llamaslikka qaror qildi. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri xabar tarqatgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin kuz o‘rtalarida davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri Rossiya elchisi Vladimir Tyurdenevga tayangan holda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Magadan viloyati gubernatori Vladimir Pechyoniyni iste’foga chiqardi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda, dedi "xabar.uz".
AQSh prezidenti Donald Trampning Eron yadroviy bitimidan chiqish bo‘yicha qarori shu faktni tasdiqlaydiki, progressiv Yevropa dunyodagi o‘z obro‘sini yo‘qotib bormoqda. Bu haqda "The National Interest" yozyapti, deya xabar berdi "kun.uz".
AQSh prezidenti Donald Tramp Federal qidiruvlar byurosi (FQB) rahbariyatini keskin tanqid qildi. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Janubiy Koreya prezidenti Mun Je In bilan muloqot chog‘ida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish istagi borligi haqida ma’lum qilgan. Bu haqda «Yonhap» agentligi xabar tarqatdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinni uning amerikalik hamkasbi Donald Tramp kabi hech kim yaxshi ko‘rmaydi, deb aytdi Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimi Edvard Snouden.
AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Amerika va Shimoliy Koreya prezidentlarining uchrashuvini tashkil qilish yo‘lida samarali muzokaralar olib borayotganini ta’kidladi. U bu haqda “Twitter” orqali ma’lum qildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuvni bekor qilishidan bor-yo‘g‘i bir necha soat avvalroq Shimoliy Koreya harbiylari Pungeri yadro poligonini yo‘q qildi, deb yozadi Euronews.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin g‘arb davlatlarini Rossiya bilan munosabatlarda “qizil chiziq”dan o‘tmaslikka chaqirdi. U bu haqda Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi vaqtida aytdi.
Shimoliy Koreya AQSh bilan rejalashtirilgan, ammo bo‘lib o‘tmagan sammit arafasida o‘zining barcha bergan va’dalarini bajardi, deb ta’kidladi RF prezidenti Vladimir Putin, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan keyin jurnalistlar savollariga javob berar ekan.
AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR rahbari Kim Chen In shaxsiy uchrashuvni undan oldin bekor qilishi mumkinligidan xavfsiragan va shuning uchun shimoliy koreyalik yetakchini ortda qoldirishga qaror qilgan. Bu haqda NBC manbalarga asosan xabar bermoqda.