AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Amerika va Shimoliy Koreya prezidentlarining uchrashuvini tashkil qilish yo‘lida samarali muzokaralar olib borayotganini ta’kidladi. U bu haqda “Twitter” orqali ma’lum qildi.
“Biz Shimoliy Koreya prezidenti bilan bo‘ladigan sammitni tashkillashtirish yo‘lida samarali muzokara olib boryapmiz. Singapurdagi bu sammit 12 iyunda o‘tkaziladi, agar kutilmagan voqealar kuzatilsa, bu muddat cho‘zilishi ham mumkin”, deb yozadi Tramp.
O‘z navbatida Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi AQSh bilan munosabatlarni yaxshilashni istashini va Amerika rahbarlari bilan istalgan vaqtda istalgan ko‘rinishda uchrashishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.