Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

"Putinni hech kim Trampchalik yaxshi ko‘rmaydi"

A A A
"Putinni hech kim Trampchalik yaxshi ko‘rmaydi"

Rossiya prezidenti Vladimir Putinni uning amerikalik hamkasbi Donald Tramp kabi hech kim yaxshi ko‘rmaydi, deb aytdi Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimi Edvard Snouden.

"Kun.uz"ning xabar berishicha, sobiq josus amerikaliklar maxsus prokuror Robert Myuller Trampning Moskva bilan aloqasi”ni isbotlay olishiga “umid qilmasalar ham bo‘ladi” deb aytgan. 

“Dunyoda Putinni Trampchalik hech kim yaxshi ko‘rmaydi. Biroq fikrimcha, odamlar Myuller tergovi Trampga qarshi ob’ektiv isbot topadi, deb hadan tashqari ko‘p narsaga umid qilmoqdalar”, deb aytgan Snouden.

U shuningdek, Rossiya hukumati Trampni “yollagan” bo‘lishi mumkinligiga shubha bildirdi. “Ochiqchasini aytganda, Trampni 3 daqiqa eshitgan odam bu bo‘lmag‘ur narsa ekanligini biladi. Gapini oxirida nima demoqchiligini eslay olmaydigan bunday odamni “josus” sifatida yollashlari dargumon”, deb aytgan Snouden.

Biroq Snoudenning aytishicha, bu Tramp Rossiya bilan hamkorlik qilishni istamaganini anglatmaydi.

Kiritildi: 02:43 27.05.2018. O'qildi: 1169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik