Bugun 30 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh Shimoliy Koreyaga shafqat qildi

A A A
AQSh Shimoliy Koreyaga shafqat qildi

AQSh hukumati Shimoliy Koreyaga qo‘shimcha sanksiyalar qo‘llamaslikka qaror qildi. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri xabar tarqatgan. Bunga sabab, ikki mamlakat rahbarlari muloqotga kirishishgan va muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyor ekanliklarini bildirishgan.

Shimoliy Koreyaga qarshi cheklovlar 29 maydan kuchga kirishi kerak edi. Biroq diplomatik munosabatlar sabab ularni noma’lum muddatga surib turishga qaror qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, 29 may kuni Koreya Mehnat partiyasi a’zosi Kim Yon Chxol Nyu-Yorkka uchrashuv haqida suhbatlashish uchun yo‘l olgan. Bir kun avval esa Pxenyan delegasiyasi Singapurga muzokaraga tayyorlanish uchun yo‘l olgandi.

Sammit 12 iyunda Singapurda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

 

Kiritildi: 12:36 29.05.2018. O'qildi: 1327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik