Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Video: KXDRdagi yadro poligonining yo‘q qilindi

A A A
Video: KXDRdagi yadro poligonining yo‘q qilindi

AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuvni bekor qilishidan bor-yo‘g‘i bir necha soat avvalroq Shimoliy Koreya harbiylari Pungeri yadro poligonini yo‘q qildi, deb yozadi "Daryo". 25 may kuni hodisa aks etgan video e’lon qilindi: demontaj chet ellik jurnalistlar ishtirokida olib borilgan edi.

Pungeri Xamgyon-Pukto provinsiyasidagi tog‘larda joylashgan. Ob’ekt yo‘q qilinganiga qadar bu yerga biror marta ham xorijliklar kelmagan.

Ta’kidlanishicha, poligonda faoliyat yuritgan zaryad shaxtalarining uchalasi ham yo‘q qilingan. Ilgari ularning soni to‘rtta edi, ammo 2006 yilda ilk sinov o‘tkazilgan bitta shaxta o‘sha sinovdan keyin ko‘p o‘tmay yopilgan. Yana ikkita kon esa biror marta ham ishlatilmagan.

Mas’ul shaxslar poligonni yo‘q qilish chog‘ida radioaktiv moddalarning sizib chiqish holati kuzatilmagani, atrof-muhit va ekologiyagaga ham zarar yetmaganini ma’lum qildi.

Pxenyanning so‘zlariga ko‘ra, endi KXDRda yadro sinovlari uchun imkoniyat qolmadi.

  •  
Kiritildi: 01:51 26.05.2018. O'qildi: 1287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik