Singapurda 12 iyun kuni bo‘lib o‘tgan sammit paytida AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalarni olib tashlashning shartlaridan biri sifatida Yaponiya bilan muloqot olib borish ekanligini aytgandi, deya xabar berdi "xs.uz".
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on Rossiya prezidenti Vladimir Putinga birgalikda S-500 zenit raketa majmualarini ishlab chiqarishni taklif etdi, deb xabar qildi RIA Novosti Haber 3ga tayangan holda.
Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda.
Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda.
Rossiya AQSh - KXDR sammitidan so‘ng o‘zini «bortdan tashqarida» deb hisoblashi, Xitoy esa unda «ehtimoliy strategik muvaffaqiyatsizlikni» ko‘rishi mumkin, deb yozmoqda Sputnik.
AQSh tomonidan 2017 yilning aprelida Suriyada amalga oshirgan raketa zarbasi Xitoy uchun Vashingtonning kimyoviy va ommaviy qirg‘in qurollariga nisbatan qanday chora ko‘rishi borasida ogohlantirish vazifasini o‘tashi lozim. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi «TASS».
AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In unga strategik fikrlovchi «hazilkash va juda aqlli yigit» bo‘lib ko‘ringanini aytdi, deb yozadi «Daryo».
Koreya yarim orolining butunlay yadrosizlanishi 15-20 yilni talab qilishi mumkin.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma’lum qilishicha, Rossiyada millionlab iste’dodli va mehnatsevar insonlar tufayli hammasi yaxshi bo‘ladi. U bu haqda Kremlda 2017 yilda turli sohalarda erishilgan muvaffaqiyatlar uchun davlat mukofotlarini topshirish marosimida aytib o‘tdi.
AQSh va KXDR ikki mamlakat xalqlarining tinchlik va taraqqiyot bo‘yicha istaklariga muvofiq holda ikki tomonlama munosabatlarni yangi formatda yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi. Bu haqida Singapur sammiti yakuni bo‘yicha Donald Tramp va Kim Chen In tomonidan imzolangan hujjatda ko‘rsatib o‘tilgan, deb xabar berdi NBC telekanali, dedi "xs.uz".
AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, Shimoliy Koreya rahbariyati raketa dvigatellarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha poligonni buzib tashladi hamda u yerda sinovdan o‘tkazilgan raketalarni yaqin vaqt ichida yo‘q qilib tashlaydi. Bu haqda CNN xabar bermoqda, dedi "kun.uz".
AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, Vashington Koreya yarim oroli yaqinida Janubiy Koreya bilan birgalikdagi harbiy mashqlardan voz kechadi.