Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Erdo‘g‘on Putinga birgalikda S-500 ishlab chiqarishni taklif etdi

A A A
Erdo‘g‘on Putinga birgalikda S-500 ishlab chiqarishni taklif etdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on Rossiya prezidenti Vladimir Putinga birgalikda S-500 zenit raketa majmualarini ishlab chiqarishni taklif etdi, deb xabar qildi RIA Novosti Haber 3ga tayangan holda.

"Rossiya bizga S-400 borasida juda qulay sharoitlarda kredit taqdim etdi. Ikkinchi va uchinchi bosqichlarda biz hamkorlikda ishlab chiqarishga kirishamiz. Men shuningdek, Rossiyaga hamkorlikda S-500 ishlab chiqarishni taklif etdim", — Erdo‘g‘onning so‘zlaridan Anadolu agentligi iqtibos keltirgan.

Bundan tashqari, Turkiya prezidenti Moskva va Anqara o‘rtasidagi S-400 bo‘yicha bo‘lgan kelishuvlarga AQSh va NATO tomonidan bo‘layotgan tanqidlarga ham munosabat bildirib o‘tgan.

"Nega ular Gresiya ega bo‘lgan S-300 borasida lom-mim deyishmadi? Turkiyaga nisbatan bunday siyosatni tushunish mumkin emas. Bizning mudofaa sanoatimizning o‘z ehtiyojlari bor, va biz ularni qondirishga harakat qilamiz". — degan Erdo‘g‘on.

Ilgariroq Turkiya yetakchisi Anqara rossiyadan olingan S-400 zenit raketa majmualarini zarurat tug‘ilganda ishlatishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. "Ular mudofaa tizimlari. Agar ulardan foydalanmasak, unda ularni nima qilamiz", — deb ta’kidlagan Erdo‘g‘on.

O‘tgan yilning dekabr oyida Turkiya va Rossiya o‘rtasida S-400 bo‘yicha kredit kelishuvi imzolangan. Anqara 2,5 milliard dollarga ushbu majmualarning ikkita batareyasini xarid qilishini va bu batareyalarga turkiyalik xodimlar xizmat ko‘rsatishini ta’kidlangandi. Tomonlar, shuningdek, Turkiyada S-400 ishlab chiqarilishini rivojlantirish borasida texnologik hamkorlikka kelishib olishdi.

 

Kiritildi: 13:28 14.06.2018. O'qildi: 1663 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik