Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

KXDR yadroviy qurolsizlanishi muddatlariga baho berildi

KXDR yadroviy qurolsizlanishi muddatlariga baho berildi

Bu haqda MAGATEning xavfsizlik sohasidagi siyosatni nazorat qilish va muvofiqlashtirish departamenti rahbari Tariq Rauf aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

Seshanba, 12 iyun kuni, Singapurda AQSh - Shimoliy Koreya sammiti bo‘lib o‘tdi, unda Donald Tramp va Kim Chen In uchrashdi. Davlat yetakchilari KXDRning butunlay yadrosizlanishi haqida kelishib olgan.

«Koreya yarim orolini yadro qurolidan ozod qilish (yadrosizlanishi) jarayoni 15-20 yilni talab qiladi», - deya aytib o‘tgan Rauf.

Uning tushuntirishicha, bunday uzoq muddat KXDR texnik jihatdan juda zamonaviy emasligi bilan bog‘liqdir. 

«Hali infratuzilma ham bor. Shuni yodda tutish kerak, Shimoliy Koreya - kichik davlat emas. Butun mamlakat bo‘ylab tekshiruvlarni amalga oshirish lozim, bu hech qayerda deklarasiya qilinmagan yadro quroli qolmaganini tasdiqlash uchun kerak - bunga esa haqiqatdan ham ko‘p vaqt ketadi», - deya aytib o‘tgan Rauf.

Uning fikricha, Shimoliy Koreya yadro qurolini demontaj qilishga an’anaviy «oltilik» shaklidan ko‘ra, AQSh - Rossiya - Xitoy «uchligi» mos tushadi. Shu bilan birga, uning qo‘shimcha qilishicha, Koreya yarim orolining yadrosizlanishi kontekstida barcha manfaatdor davlatlar ishtiroki talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kim Chen Inga iPad’da KXDR kelajagini ko‘rsatgani xabar qilingandi.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 20:15 12.06.2018. O'qildi: 1874 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!