Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

AQSH-KXDR sammiti Rossiya va Xitoy tashvishiga sabab bo‘ldi

AQSH-KXDR sammiti Rossiya va Xitoy tashvishiga sabab bo‘ldi

AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen In 12 iyun kuni Singapurdagi sammitda uchrashdi. Tomonlar «tarixiy uchrashuv» yakunlari bo‘yicha ikki davlat o‘rtasida yangi munosabatlarni qurishga, shuningdek, Koreya yarim orolida tinchlik o‘rnatishga kelishib oldi.

Salem davlat universiteti professori Kanishkan Satxasivam fikricha, Rossiyada sammit bo‘yicha ma’lum bir xavotirlar yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Satxasivamning aniqlik kiritishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, ehtimol, bu jarayonning bevosita ishtirokchisi emasligidan norozi bo‘lmoqda, ammo u sammit natijalaridan qoniqqan.

Ekspert sammit yakunlari qandaydir manfaat keltirishi mumkin bo‘lgan davlatlar sifatida Yaponiya va Janubiy Koreyani tilga olgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, sammit bitta mintaqaga emas, balki butun dunyoga foyda keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR yadroviy qurolsizlanishi muddatlariga baho berilgandi

Manba: kun.uz

Kiritildi: 20:41 13.06.2018. O'qildi: 1981 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!