Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Putin: "Rossiyada hammasi yaxshi bo‘ladi"

A A A
Putin: "Rossiyada hammasi yaxshi bo‘ladi"

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma’lum qilishicha, Rossiyada millionlab iste’dodli va mehnatsevar insonlar tufayli hammasi yaxshi bo‘ladi. U bu haqda Kremlda 2017 yilda turli sohalarda erishilgan muvaffaqiyatlar uchun davlat mukofotlarini topshirish marosimida aytib o‘tdi.

«Bugun bayram, Rossiya kuni, hamda har birimiz, albatta, mamlakatimiz kelajagi, Rossiya kelajagi haqida o‘ylamoqdamiz. Bu kelajak, oldindagi ishlar poydevori esa, albatta, bugun iste’dodli, ajoyib, mehnatsevar odamlar tomonidan yaratilmoqda», - deya ta’kidlab o‘tgan u.

Putinning qayd etishicha, Rossiyada bunday insonlar «minglab, millionlabdir».

«Bugun bu yerda jamlangan «me’morlarni» ko‘rib, kelajagimiz ishonchli qo‘llarda ekanini bilmoqdamiz. Hammasi yaxshi bo‘ladi!» - deya xulosa qilgan Rossiya rahbari.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 18:43 12.06.2018. O'qildi: 2101 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik