AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya sudi cherkov ruhoniysi Endryu Bransonni uy qamog‘idan ozod etish so‘rovini ikkinchi marta rad etganiga munosabat bildirdi.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Federasiyasi, Turkiya va Eron rahbarlarining uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tishini mumkinligini bildirdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron rahbariyati bilan muloqot qilishga tayyor, biroq buning uchun Eron rahbariyati o‘z siyosiy yo‘nalishidagi fundamental o‘zgarishlarga sodiqligini namoyish etishi kerak bo‘ladi.
AQSh xavfsizlik xizmatining sobiq xodimlari va Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB)ning olti nafar sobiq direktori Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp tanqid ostiga olingan qo‘shma xatni imzoladi. Bunga Trampning Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq direktori Jon Brennan maxfiy ma’lumotlariga kirishni rad etish to‘g‘risidagi qarori sabab bo‘ldi. Bu haqda The Daily Beast nashri xabar qildi.
AQSh Moliya vaziri Stiven Mnuchin agar pastor Endryu Branson qo‘yib yuborilmaydigan bo‘lsa, Turkiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etilishini bildirdi.
350ga yaqin ommaviy axborot vositasi matbuot erkinligini himoya qilish mavzusida tahririyat maqolalarini e’lon qiladi. Bu haqda Britaniyaning The Guardian nashri xabar berdi.
AQSh prezidentining advokati Rudolf Juliani 2016 yilda Qo‘shma Shtatlardagi prezidentlik saylovlariga Rossiyaning aralashuvi bo‘yicha ishni olib borayotgan AQSh maxsus prokurori Robert Myullerga surishtiruv ishlari cho‘zilib ketadigan bo‘lsa, bunga javob berishi bilan tahdid qildi. Bu haqda Juliani Amerikaning MSNBC telekanali efirida aytib o‘tdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp sobiq prezident Barak Obamaning mamlakat raqiblariga qarshi kiberquroldan foydalanish bo‘yicha maxfiy direktivasini bekor etishga qaror qildi.
Avvalroq, Turkiya muxolifati tomonidan “FETO” terrorchilik tashkiloti rahbari Fatxulla Gulen evaziga josuslikda ayblanayotgan AQSh fuqarosi rohib Endryu Bransonni topshirish taklifi berilganligi haqida xabar bergan edik.
Rossiyaning Amerikadagi prezidentlik saylovlariga aralashuvi bois jodugarlar ovini boshlagan davlat xizmatchilari korrupsiya va noqonuniy faoliyatlari tufayli ishdan bo‘shatilmoqda hamda lavozimi pasaytirilmoqda. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.
KXDR yetakchisi Kim Chen In Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Koreya Yaponiya hukmronligidan ozod etilganligining 73 yilligi munosabati bilan tabriknoma yo‘lladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
Qo‘shma Shtatlar yetakchisining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Turkiya elchisi Sardor Qilichni pastor Endryu Branson hibsda ekan, AQSh Turkiya bilan hech qanday muzokara olib bormasligi haqida ogohlantirdi.