Avvalroq, Turkiya muxolifati tomonidan “FETO” terrorchilik tashkiloti rahbari Fatxulla Gulen evaziga josuslikda ayblanayotgan AQSh fuqarosi rohib Endryu Bransonni topshirish taklifi berilganligi haqida xabar bergan edik.
Shundan so‘ng, bugun, 16 avgust kuni AQSh prezidenti o‘rinbosari Mayk Pens “rohib aybsiz, uni zudlik bilan ozod qilish kerak, Turkiya Trampning sabrini sinamasin”, deb ogohlantirgan. Bu haqda prezident o‘rinbosari o‘zining “Twitter” dagi sahifasida yozib qoldirgan.
Ma’lumot o‘rnida, rohib Endryu Branson bilan bog‘liq mojaroga yechim topilmaganligi oqibatida AQSh Turkiyaga nisbatan iqtisodiy sanksiya joriy qilgan edi. O‘z navbatida rasmiy Anqara ham AQSh elektronika tovarlariga boykot e’lon qilgan. Hozirda har ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar tarang ahvolga kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Turkiyadagi moliyaviy ahvol hamda turk lirasining qadri tiklanayotganligi haqida xabar bergan edik.
Manba: qalampir.uz