Bugun 23 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Tramp Obamaning maxfiy direktivasini bekor qildi

Tramp Obamaning maxfiy direktivasini bekor qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp sobiq prezident Barak Obamaning mamlakat raqiblariga qarshi kiberquroldan foydalanish bo‘yicha maxfiy direktivasini bekor etishga qaror qildi. Bu haqda The Wall Street Journal manbalariga asoslanib, Kun.uz xabar bermoqda .

Manbalar so‘zlariga ko‘ra, bunday direktivaning bekor qilinishi kiberhujumlarga cheklovlarni kuchsizlantiradi. Aniqlik kiritilishicha, hujjat haqida 2013 yilda AQSh Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden Buyuk Britaniya va AQSh razvedka xizmatlarining ishi haqida ma’lumotlar e’lon qilganidan keyin ma’lum bo‘ldi.

Manbalardan birining so‘zlariga ko‘ra, direktivaning bekor qilinishi «oldinga hujumkor qadam» sanaladi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, u harbiy operasiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, intellektual mulkni o‘g‘irlash va saylovlarga xorijiy aralashuvning oldini oladi. Hozirda prezident ma’muriyati bekor qilingan qoidalar o‘rniga yangilarini tasdiqlaganiga oid ma’lumot yo‘q.

Kiritildi: 13:43 16.08.2018. O'qildi: 1312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!