Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp: «Turkiya yaxshi do‘st emas ekan»

A A A
Tramp: «Turkiya yaxshi do‘st emas ekan»

AQSh Moliya vaziri Stiven Mnuchin agar pastor Endryu Branson qo‘yib yuborilmaydigan bo‘lsa, Turkiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etilishini bildirdi.

Bloomberg xabariga ko‘ra, Oq uyda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda prezident Donald Tramp Turkiyaning yaxshi do‘st emasligini ma’lum bo‘lganini aytgan.

“Bir joyda birovning ozod qilinishi uchun yordam kerak bo‘ldi, biz yordam berdik. Bizning ajoyib pastorimizni esa ushlab turishibdi. Bu adolatdan emas, to‘g‘ri emas”, – dedi Tramp.

AQSh prezidenti tilga olgan “birov” – Isroilda qo‘lga olingan Turkiya fuqarosi Ebru O‘zkan. U AQShning aralashuvi bilan ozodlikka chiqqan edi. 

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Trampning gapiga javoban AQSh rahbariyati haqiqiy do‘st kim ekanini ayira olmay qolganini aytdi.

“AQShdagilarga necha martalab shunday dedik: sanksiya, do‘q-po‘pisa, bosim – bular Turkiyaga o‘tmaydi. Xohlaganingizni qiling. Muammolarni hal qilishni istasangiz, kelinglar, biz bilan o‘tiringlar, qanday qadam tashlashni gaplashaylik. Diplomatiyaga rozimiz, muammolarni hal qilishga rozimiz. Biroq bosim bilan emas, kelishish bilan bo‘ladi bu ishlar. Yo‘q, men kelishmayman, bosim o‘tkazaman desangiz, endi hech bir davlat buni ko‘rishni istamaydi. Har bir davlat, har bir xalq o‘ziga hurmat ko‘rsatilishini istaydi. Biz hammaga hurmat ko‘rsatamiz, hamma ham bizga hurmat ko‘rsatishini istaymiz, bundan ortig‘ini kerak emas”, – dedi Chavusho‘g‘lu.

Manba: azon. uz

 
 
 

 

Kiritildi: 13:45 17.08.2018. O'qildi: 1404 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik