Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Kim Chen In Putinni tabrikladi

A A A
Kim Chen In Putinni tabrikladi

KXDR yetakchisi Kim Chen In Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Koreya Yaponiya hukmronligidan ozod etilganligining 73 yilligi munosabati bilan tabriknoma yo‘lladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

Kim Chen In tabriknomada prezident va «do‘st» mamlakat fuqarolarini qutladi, shuningdek, Putinga «qudratli Rossiyani qurish bo‘yicha mas’uliyatli ishda yanada katta muvaffaqiyatlar» tiladi.

«Har ikki mamlakat fuqarolari har kuni og‘ir urushda umumiy dushmanga qarshi yelkama-elka kurash olib borganiga oid an’ana - bu KXDR bilan Rossiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning eng mustahkam asosidir. U ikki tomonlama munosabatlarni yangi davr talablari asosida yanada rivojlantirish uchun asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi», - deyiladi telegrammada.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 08:01 15.08.2018. O'qildi: 1298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik