2019 yilda dunyoni qanday dolzarb siyosiy voqea-hodisalar kutib turibdi? Berlin devori qulashining 30 yilligi va NATO tashkil etilganining 70 yilligi, Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan ajrab chiqishi hamda AQSh qo‘shinlarining Suriyadan olib chiqib ketilishi, Yevropa parlamentiga saylovlardan tortib Ukrainadagi prezidentlik saylovi jarayoni 2019 yilning eng muhim siyosiy jarayonlariga aylanadi. Shu va boshqa voqealarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
AQSh prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga kirib kelgan Yangi 2019 yil munosabati bilan eng ezgu tilaklari izhor etilgan tabrik yo‘lladi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 7 yanvar kuni Ermitajga bormoqchi bo‘lganini, biroq muzey yopiq bo‘lganini aytdi, deb yozmoqda «RIA Novosti».
Chegarada yuz beradigan bahslar so‘nggi vaqtlarda Buyuk Britaniya, AQSh va Yevropa Ittifoqida siyosiy inqirozga olib kelishi mumkinligi bilan alohida ahamiyatga ega bo‘la boshladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy o‘tmishi haqida so‘zlab berdi. Putin Petropavlovsk qal’asiga tashrifi vaqtida zambarakdan o‘q uzishda ishtirok etgandan so‘ng Rossiyaning faxriy quruvchisi, peterburglik Vladimir Bendet bilan uchrashdi.
Betakror ijrosi va go‘zalligi bilan dunyoda minglab muxlislar e’tiborini qozongan o‘zbek pianinochisi Lola Astanova O‘zbekiston xalqaro forumlar saroyida o‘z chiqishi bilan jahon klassik musiqasi shinavandalarini shod etdi.
AQSh va Meksika o‘rtasidagi chegarada devor qurishda beton emas, endi po‘lat ishlatiladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda ma’lum qildi.
Moskvadagi savdo markazlaridan birida erkak va ayollarning Number one hamda RussiaRussian woman atirlari sotilmoqda. Ularda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning siymosi va mamlakat gerbi aks etgan, deya xabar beradi «MK.ru».
Kecha, 4 yanvar kuni AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda favqulodda holat joriy qilishi mumkinligini ma’lum qildi. Shu orqali Tramp Meksika bilan chegarada devor qurilishini Kongressning ruxsatisiz moliyalashtirishga erishmoqchi.
AQSh prezidenti Donald Trampning Oq uyda o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilishicha, SSSR Afg‘onistonga qo‘shin kiritgani sababli «bankrot bo‘lgan».
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar berdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp kutilmaganda amerikalik harbiylarni avval Suriyadan chaqirib olishi, keyinroq Afg‘onistondagi operasiyalarni ham yakunlashi to‘g‘risidagi qarori bilan barchani shoshirib qo‘ydi.