Kecha, 4 yanvar kuni AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda favqulodda holat joriy qilishi mumkinligini ma’lum qildi. Shu orqali Tramp Meksika bilan chegarada devor qurilishini Kongressning ruxsatisiz moliyalashtirishga erishmoqchi. Bu haqda Qalampir.uz yozmoqda.
Trampdan devor qurilishini parlament ruxsatisiz moliyalashtirish uchun favqulodda holat e’lon qilishi mumkinligini so‘rashgan. Bu savolga Tramp Agar xohlasam men shunday qila olaman. Biroq bunday qilmadim , deb javob qaytargan.
Biz mamlakatda favqulodda holat e’lon qilib, devor qurilishini tezda tugatishimiz mumkin , degan Tramp.
AQSh prezidenti bunday harakat davlat xavfsizligi uchun so‘nggi chora bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.
Ta’kidlanishicha, chegaradagi vaziyat sabab favqulodda holat joriy qilinsa, Tramp devor qurilishi uchun mablag‘ sarflashi mumkin bo‘ladi. Biroq buning ortidan prezident qator yuridik muammolarga ham duch keladi.
Eslatib o‘tamiz, Tramp AQSh Kongressi bilan mamlakat byudjeti borasida kelisholmayapti. Prezident chegarada devor qurilishi uchun qo‘shimcha 5 mlrd ajratishni talab qilyapti.