Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Tramp chegarada beton devor qurish fikrini o‘zgartirdi

Tramp chegarada beton devor qurish fikrini o‘zgartirdi

AQSh va Meksika o‘rtasidagi chegarada devor qurishda beton emas, endi po‘lat ishlatiladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda ma’lum qildi.

Trampning aytishicha, vise-prezident Maykl Pens va Demokratik partiya vakillari chegara xavfsizligi bilan bog‘liq turli masalalar muhokama qilingan uchrashuv o‘tkazishgan.

Endi beton emas, po‘lat devor qurmoqchimiz , deb yozgan Tramp.

AQSh prezidentining aytishicha, po‘lat devor mustahkamroq bo‘ladi va kamroq e’tibor jalb qiladi.

Avvalroq Meksika bilan chegarada devor qurish loyihasi byudjeti kelishmovchiliklarga va AQSh federal hukumati ishining vaqtinchalik to‘xtatishiga olib keldi.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 09:39 07.01.2019. O'qildi: 1348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!