AQSh prezidenti Donald Trampning Oq uyda o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilishicha, SSSR Afg‘onistonga qo‘shin kiritgani sababli bankrot bo‘lgan . Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda.
Prezidentning eslatishicha, bundan oldin Rossiya sovet ittifoqi bo‘lgan . Uning fikriga ko‘ra, sovet qo‘shinlarining Afg‘onistonga kirishi SSSRdan Rossiyani keltirib chiqardi , sababi sovet ittifoqi bu harbiy kampaniya tufayli bankrot bo‘lgan .
Trampning qo‘shimcha qilishicha, SSSR Afg‘onistonga qo‘shinlarni bu mamlakatda bo‘lgan terrorchilar sovet ittifoqiga tahdid solgani tufayli kiritgan.
Bu keskin kurash edi. Ular [SSSR] so‘zsiz bankrot bo‘ldi. Ular sovet ittifoqidan farqli ravishda Rossiya deb atala boshlandi , - deya xulosa qilgan Tramp.