Nyu-Yorkda yashovchi Oskar Morel shtat Oliy sudi tomonidan umrbod ozodlikdan mahrum etildi, unda muddatdan avval ozod etish borasida murojaat yo‘llash huquqi ham bo‘lmaydi. Bunga uning imom Mavlon Akonje va uning yordamchisi Tara Uddinni o‘ldirgani sabab bo‘ldi, deb xabar qilmoqda "Kun" nashri.
May oyida AQSh chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tmoqchi bo‘lganlar soni o‘tgan oyga nisbatan 2 mingga ko‘paydi. Bu haqda "Kun" nashri xabar bermoqda.
Taniqli estrada yulduzi Shakira turmush o‘rtog‘i – “Barselona” futbolchisi Xerard Pike bilan maslahatlashib, Mayamidagi uyini sotuvga qo‘ydi. Pike bunga qarshilik bildirmagan.
Tarkibida asli o‘zbekistonlik tennischi bo‘lgan Wake Forest jamoasi AQShdagi Talabalar sporti milliy assosiasiyasi musobaqasida g‘olib bo‘ldi. G‘oliblar jamoa a’zolarini AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Oval kabinetida qabul qildi, deb yozadi «Daryo».
Ilon Mask Tesla kompaniyasining bosh direktori va boshqaruv raisi lavozimlarini egallashda davom etadi.
AQShning Florida shtatidagi Jeksonvill shahrida sodir bo‘lgan otishmada uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Singapurda joriy yilning 12 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan AQSh Prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In o‘rtasidagi tarixiy uchrashuvga tayyorgarlik davom etmoqda, deb xabar qilmoqda "Darakchi" nashri.
Rossiyani dunyodagi eng katta tahdidlardan biri deb hisoblaydigan Qo‘shma Shtatlar Yevropada jiddiy harbiy kuchlarni Rossiyani to‘xtatishga qaratilgan “30-30-30-30” maxsus rejasini joriy etishga chaqirmoqda.
Denverda raqs tushayotgan FQB agenti tomoshabinlardan birini otib qo‘ydi, deya ma’lum qildi "Darakchi" nashri.
Biologiyaga qiziquvchi amerikalik ayol do‘stining hovlisidan ikki boshli ilon topib olib, uni uyiga olib ketdi. Bu haqda Inside Edition portali xabar bermoqda.
AQSh prezidenti Donald Trampning yordamchisi Kelli Sedler Oq uyda boshqa ishlamasligi ma’lum qilindi.
Bu haqda Bloomberg yozmoqda.