Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Imomni o‘ldirgan shaxs umrbod qamaldi (foto)

Imomni o‘ldirgan shaxs umrbod qamaldi (foto)

Nyu-Yorkda yashovchi Oskar Morel shtat Oliy sudi tomonidan umrbod ozodlikdan mahrum etildi, unda muddatdan avval ozod etish borasida murojaat yo‘llash huquqi ham bo‘lmaydi. Bunga uning imom Mavlon Akonje va uning yordamchisi Tara Uddinni o‘ldirgani sabab bo‘ldi, deb xabar qilmoqda "Kun" nashri.

Qotillik Kuins tumanida 2016 yilning avgustida yuz bergan. Morel Ar-Furqan masjidi yonida hujumni amalga oshirgan. U o‘z qurbonlariga ortdan kelgan va o‘q uzgan. 55 yoshli imom voqea joyida halok bo‘lgan, uning 64 yoshli yordamchisi esa shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.

Keyinchalik polisiya Morelni hibsga oldi. Uning uyidan to‘pponcha va o‘q uzgan shaxsning kiyimiga o‘xshash bo‘lgan libos topilgan. Nyu-Yorkda yashovchi shaxsga birinchi va ikkinchi darajali qotilliklar bo‘yicha ayblov qo‘yildi, shuningdek, u o‘q otar qurolni noqonuniy saqlashda ayblandi.

Morel tergov vaqtida hamkorlik qilishdan bosh tortdi hamda ro‘y bergan hodisaga aloqador ekanini tan olmadi. Sud maslahatchilari uni Bangladeshdan bo‘lgan ikki shaxsni qasddan o‘ldirganlikda aybdor, deb topdi. 

Kiritildi: 08:18 07.06.2018. O'qildi: 2328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!