Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Amerikalik ayol ikki boshli ilonni asrab oldi

A A A
Amerikalik ayol ikki boshli ilonni asrab oldi

Bilasizmi, biologiyaga qiziquvchi amerikalik ayol do‘stining hovlisidan ikki boshli ilon topib olib, uni uyiga olib ketdi. Bu haqda "Daryo" nashri xabar bermoqda.

Tani Yanush topib olgan jonivorning yoshi o‘n oylik bo‘lib, uzunligi 30 santimetrga yetadi. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, ilonning ikkita boshi ko‘pincha turli tomonlarga sudralib ketishga urinib, o‘zaro kurashadi.

Yanushning fikricha, ilon yovvoyi tabiatda halok bo‘lgan bo‘lardi, chunki u juda sekin sudraladi.

Ayolning uyida ikki boshli ilondan tashqari, yana yettita ilon, baqa, suvarak, qirqoyoq, tipratikan, qushlar, it va mushuklar hamda boshqa hasharotlar yashaydi, ularning barchasini ko‘chadan topib olgan.

Kiritildi: 05:15 06.06.2018. O'qildi: 2638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik