AQSh prezidenti Donald Tramp «Clemson Tigers” jamoasi futbolchilari o‘z hisobidan fast-fud bilan mehmon qildi. CNN telekanali Oq Uyda bo‘lib o‘tgan ushbu ziyofatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarning NATOdan chiqishi masalasini ko‘rib chiqishi mumkin. Tramp Shimoliy alyansning qolgan a’zolari harbiy harajatlarini ko‘paytirmasa shunday qiladi.
AQShning Los-Anjeles shahrida 30 ming o‘qituvchi norozilik namoyishiga chiqdi, deb xabar beradi "The New York Times" gazetasi.
Anqara AQSh prezidenti Donald Trampning tahdidlariga qaramay Suriyada Qurd tuzilmalari bilan kurashishni davom ettiradi.
Kaliforniyaning Santa Monika shahrida “Critics' Choice Awards” taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tanqidchilar tomonidan bir ovozdan Alfonso Kuaronning "Roma" filmi 2018 yilning asosiy kartinasi deb tan olindi, deya xabar berdi “Associated Press”.
AQSh prezidenti Donald Tramp, Anqara Suriya qurdlariga zarba bersa - Turkiya iqtisodini barbod qilish bilan po‘pisa qildi. Bu haqida AQSh prezidenti o‘z Twitterida yozgan.
Washington Post gazetasi AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyaliklar prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralari tafsilotlarini yashirgani, hatto tarjimondan uchrashuvlardan biriga oid yozuvlarni olib qo‘ygani haqida ma’lumot berdi. Oq uydagilar bunga javoban, maqolada noaniqliklar ko‘pligini aytib, unga izoh berishni ma’qul ko‘rmagan.
Federal qidiruv byurosi AQSh prezidenti Donald Trampga qarshi uning Rossiya manfaatlari va Amerikaga qarshi yo‘lda bo‘lishi mumkin degan tahmin bilan ikkita maxfiy tekshiruv boshladi. Bu haqda «Exo Moskvi» xabar berdi.
Meksika va AQShning Arizona shtati chegarasida o‘n metrli yerosti yo‘li topildi. Bu haqda The Hill nashri xabar berdi.
Vouchercloud portali tadqiqotchilari dunyodagi «eng aqlli» 25 davlat ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatni tuzishda Nobel mukofoti laureatlari soni, aholining o‘rtacha IQ darajasi va maktablardagi o‘zlashtirish hisobga olindi.
AQShning Viskonsin shtatida bundan uch oy oldin ota-onasi o‘ldirilib ketilgandan so‘ng bedarak yo‘qolgan 13 yoshli qiz topildi. Bu haqda NBC telekanali xabar qildi.
2019 yilda dunyoni qanday dolzarb siyosiy voqea-hodisalar kutib turibdi? Berlin devori qulashining 30 yilligi va NATO tashkil etilganining 70 yilligi, Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan ajrab chiqishi hamda AQSh qo‘shinlarining Suriyadan olib chiqib ketilishi, Yevropa parlamentiga saylovlardan tortib Ukrainadagi prezidentlik saylovi jarayoni 2019 yilning eng muhim siyosiy jarayonlariga aylanadi. Shu va boshqa voqealarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.