Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Tramp Turkiya iqtisodini barbod qilish bilan po‘pisa qildi

Tramp Turkiya iqtisodini barbod qilish bilan po‘pisa qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp, Anqara Suriya qurdlariga zarba bersa - Turkiya iqtisodini barbod qilish bilan po‘pisa qildi. Bu haqida AQSh prezidenti o‘z Twitterida yozgan.

AQSh prezidenti fikriga ko‘ra, Ular qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqqanidan so‘ng Suriyada Turkiya va Qurdlar qo‘shinlari orasida 20 kilometrli xavfsizlik chizig‘i tashkil qilish kerak. Tramp, shuningdek, qurdlarni ham ogohlantirdi ular ham Turkiyani provokasiya qilmasliklari kerak.

Eslatib o‘tamiz, Amerika Qo‘shma shtatlari 2018 yil oxirida AQSh boshchiligidagi koalisiya Suriyada Islomiy davlat ustidan g‘alaba qozonganini va endi mamlakatni tark etishini e’lon qilgan edi.

Suriya shimolini nazorat qilayotgan va AQShdan katta yordam olayotgan Qurdlar o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari (YPG) AQSh ketganidan keyin murakkab ahvolga tushib qolishi aniq. Chunki Turkiya ularni faqatgina terrorchi sifatida ko‘radi.

Kiritildi: 11:21 14.01.2019. O'qildi: 1614 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!