Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQShda ota-onasi o‘ldirilib ketilgandan so‘ng bedarak yo‘qolgan qiz topildi

AQShda ota-onasi o‘ldirilib ketilgandan so‘ng bedarak yo‘qolgan qiz topildi

AQShning Viskonsin shtatida bundan uch oy oldin ota-onasi o‘ldirilib ketilgandan so‘ng bedarak yo‘qolgan 13 yoshli qiz topildi. Bu haqda NBC telekanali xabar qildi.

Qizning ota-onasini 15 oktyabr kuni Barron shahridagi uylarida otib tashlangan holda topishadi. Qizning o‘zi izsiz yo‘qoladi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ ma’lumotlariga ko‘ra, 10 yanvar kuni qiz Duglas okrugida, o‘z uyidan 100 kilometr narida sog‘lom topilgan.

Xuddi o‘sha kuni polisiya tergov doirasida bir kishini hibsga olgan. Qo‘lga olingan shaxsning nimada gumon qilinayotgani hozircha ma’lum emas.

Manba: darakchi.uz

Kiritildi: 07:17 12.01.2019. O'qildi: 2084 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!