AQShning Los-Anjeles shahrida 30 ming o‘qituvchi norozilik namoyishiga chiqdi, deb xabar beradi The New York Times gazetasi.
O‘qituvchilar ish haqi oshirilishi, sinflar sonini kamaytirish, o‘qituvchi va kutubxonachilar qo‘shimcha tarzda yollanishiga qarshi talab bilan chiqishdi.
Ma’lumotga ko‘ra, namoyishlar 500 mingga yaqin o‘quvchilarning ta’lim olish jarayoniga taalluqli bo‘ladi. Gazetada aytishicha, bu keyingi 30 yildagi bunday miqyosni tashkil qilgan ilk namoyish hisoblanadi.
Manba: O‘zA